Привет, Гость!
Chat (2) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Saboq. (turnir uchun) [nonick92]
[red][b] Nonick92 vs Egoiste [/b][/red] 1996 yil. Ko'zning salqin kunlari. SHAHAR. Soat 19:23...davomi
UZBer.Ru Shunchaki ajoyib sayt!!!
Secure VPN Sayt sizda ta'qiq siz ishlashi uchun
Библиотека | Boshqalar
1 2 3 ... 5 >>

IZHORI DIL ZOR KO`NGIL...

Добавил:-MAJNUN- (28.05.2016 / 12:56)
Рейтинг:rating 190512 article (0)
Прочтений:18493
Комментарии:Комментарии закрыты
IZHORI DIL ZOR KO`NGIL...


Murod, 1945 yil urush tugagandan keyin, O`zbekistonga qaytishni istamadi. Ota onasi allaqachon u dunyoga ketishgan. Biror yaqin kishisi ham qolmagan. Shuning uchun o`sha yerda qolishga qaror qildi. Bir yildan ziyod Berlinda harbiy gospitilda davolandi. O`sha yerda ikki yil yashagandan keyin. Samaraga qaytdi, harbiy gospitilda tanishgan do`sti Ivanov Alekseyvichni uyida yashab turish uchun joylashdi.
Ivanov bilan oralarida, tushuntirib bo`lmas bog`liqlik bordek huddi aka ukaday bo`lib ketishgan edi. Yana ikkovlari ham urush asoratlarini o`z boshlaridan o`tqazishgan. Ivanov o`sha urush oqibatida, bir oyog`idan ayrilgan. Murodni ahvoliga ham havas qilib bo`lmaydi. Yonginasida portlagan sinaryar uni bir ko`zini ko`r qilgan, bir qulog`i shang`illaydigan bo`lib qolgan. Yuziniku aytmasa ham bo`ladi. Harbiy shifokorlar ancha ishlashdi. Lekin baribir maxluqni eslatuvchi qiyofada qoldi. Yuzida kattagina chandiq qolgan, enli va qizg`ish rangli bo`lib, uning peshonasidan to iyagigacha tushgandi. Bu chandiq juda xunuk ko`rinar. Go`yoki uni qilich yoki boltaga o`xshash suvuq qurol bilan yuziga urushgandek, tasurot qoldiradi kishida. Bu chandiqlar asli uning qahramonligidan dalolat edi. Lekin Murod shundan keyin odamovui bo`lib qolgandi, zarurat tug`ulmasa ko`chaga chiqmasdi. Ivanovning qarib qolgan ota onasiga ko`maklashib, uy ishlarda yordam berib yurardi.
Bu oqko`ngil, bag`ri keng odamlar Murodning ham o`z o`g`llari qatori ko`rishardi...

Ivanov qo`ltig` tayog`iga tayongancha, shahardagi qavoqxonaga borib ichib keladigan odat chiqargan edi. Tunda mas kelgani uchun peshingacha uxladi. O`rnidan turgandan keyin ham anchaga lanj bo`lib o`tirdi. Murodni bir-ikki qilgan xazilidan so`ng sal kayfiyati ko`tarilib dasturxon yoniga kelib o`tirdi. O`tirgan hamoni, qo`ynidagi kichikroq shiysha idishga quyulgan, qo`lbola tayorlangan aroqni ochib stakanga quymoqchi edi. Otasi Andrey amaki shiyshani olib qo`ydi.
- Bolam bu, taqdir urushda ko`plar oyoq-qo`lidan, yana kimlardur har ikkisidan, milyonlab odamlar shirin jonidan ayrildi. Muxumi tirik qoldin-ku, -otaxon bir xursinib qo`ydi. - O`zingni bunchalik harob qilma...
- Bas ota... - Ivanov stol ustiga musht tushurdi. - Menga qanday yashashni o`rgatmaaaa! -deb baqirdi.
- Otangga baqirma, - Murod o`rnidan turib, Ivanovni tinchlantirishga urundi. - Otangni yoshini hurmat qil!
Ivanov bu gapdan so`ng sal tinchlanib, uning yelkasiga yengil qoqib qo`ydi.
- Otang to`g`ri aytyabdi, bolam o`zingni ham bizni ham qiynama! -bir chetda, yirtiq yamoqlarni chatilayotgan, ona. Minira hola qo`shildi. Ivanov onasini ham ranjitib qo`ymaslik uchun indamaygina qo`ltiq tayog`iga tayanib o`rnidan turdi. Asta eshik tomonga yurdi.
- Bolam qo`y, boshqa borma uyoqqa! -dedi Minira hola o`g`lini yo`lini to`sib.
- Ko`ngil yozib kelaman ona. -Ivanov yalinsib onasini yosh to`la ko`zlariga termuldi.
- Mayli bor o`g`lim, faqa boshqa aroq ichma. Manga so`z ber?
- So`z beraman! -dedi Ivanov onasini qo`llaridan o`pib.
- Murodni ham olib ket, hamma ishlarni iningni zimmasiga yuklab qo`ydik. U ham aylanib ko`ngil yozib kelsin... -dedi Minira hola.
- Hali o`tin yorishim, otga hashak berishim kerak! -dedi Murod ko`chaga chiqgisi kelmayotganini bildirmaslik uchun.
- Boraqo buyog`ini chol, kampir eplaymiz, -dedi otaxon va unga yaqinroq kelib shipshidi. - Qarab yur, ichishiga yo`l qo`yma!
- Ho`p! - dedi otaxonni so`zini ikki qilishni istadi...

Ko`chaga chiqishdan avval chelakka engashib undagi suvda o`z aksini qa`radi. Soqol, moylovi o`sgan bo`lsada, chandiqini yashira olmagan. Boshiga eski shilyapani bostirib kiyib oldi. Har ehtimoldan kamzulini yoqasini ko`tarib oldi.
Ivanov qo`ltiq tayoqqa tayangancha yagona oyog`ini ko`tarib oldinga tashlardi. Murod uni yonida, asta tosh ko`chadan ketishardi. Eshiga lang ochilgan, kichikroq qovoqxonaga yaqinlashdilar. Atrofda kichik-kichik bolalar o`ynab yurishardi. Bolalar, yuzidagi chang`iga hayratlanib, qo`rquv bilan qarashlari Murodni biroz bezovta qilardi...
Ivanov tutungan inisini bezovtaligini sababini darov tushundi.
- Yur, inim boshqa yerga boramiz! -dedi va oldinga yurishda davom etdi.
- Shu yer maqul edi!
- Men seni bundanda yaxshiroq yerga olib boraman! -dedi Ivanov.
O`zi aytgan qovoqxona tomon, yo`l belgiladi. Murod uncha ro`yxush bermagan bo`lsa ham, Ivanov qo`yarda-qo`ymay usha tomonga boshladi. Uzoq yurdilar, buni ustiga Ivanovni sekin harakatlanishi Murodni diqqatini oshirardi.
- Ivanov hali uzoqmi?
- Ikki soatlik yo`l!
- Eee ha... - Murod quyosh yo`nalishiga bir qarab olgach bosh chayqadi.
- Nima qilamiz vaqtni bekorga o`tkazib, borgunizgacha qosh qorayadi-ku! Biroz samagon, oziroq pishgan go`sht olsak uyda o`tirib yeb ichardik-da.
- U yerda zo`r qizlar bor, bir ko`ngil yozib kelardik. Dastyorlar bari qizlar, ular ichida Masha degani bor. Ko`rsang o`zing ham qoyil qolasiz.
Murod peshanasini tirishib, chang`ini siypaladi. Biroz jaxli chiqdimi g`alati qarash qildi.
- Qoyil masman senga, hali shunga bir buzuqini deb mani o`sha yerga olib ketyabsanmi?! Ja g`alati odamsan-da! Ota onang bilsa nima bo`ladi?
- Nimalar deyabsan? Meni kim deb o`ylading? U yaxshi qiz, u yerda hech qanday yomon ish bo`lmaydi. O`ylamay gapirma inim! - Ivanov jaxil, kuyinish, istirob bilan gapirgandi. Uning Muroddan juda hafsalasi pir bo`lgani ko`zida namoyon bo`lganday.
Murod ham o`ylamay gapirib yuborganini tushunib indamay ketaverdi. Ikkovlari ham shu ko`yi bir-birlariga qaramay katta yo`ldan o`tib, yo`l bo`yidagi qovoqxona tomonga burildilar. Balant daraxtlar soya yolgan, salqingina yer. Atrofga yog`ochdan yasalgan stol stullar qo`yilgan. Chiroyli chiroyli afetsant qizlar xo`randalarga xizmat qilmoqda. Qator yog`och bo`chkalar qo`yilgan. Chaqqonlik bilan o`sha bo`chkalardan PIVO quyib berayotgan barmen oldida ishdan qaytayotgan kishilar chuvalashib turishardi. Barmenga yaqinroq stuldan biriga o`tirib afetsant qizga PIVO bilan dudlanga baliq buyurdilar...

Murod dastlab atrofga beyparvo o`tirgan edi.

Avvaliga uning egnidagi chiroyli ko`ylagi, savatchasidagi anvoyi qullari tufayli u Murodning e`tiborini tortgandi.
Uning o`rtacha bo`yi, ingichka bellari, kulimsirab turadigan yuzi hammasi ko`zga tanish ko`rinardi. Uning qadam bosishlar, hushbichim gavdasiga nomutanosib edi. Uning pushti, belitor, etagi keng, ko`ylagi oyog`idagi hushbichim tuflisi, eskiroq soyaboni katta shlyapasi o`ziga juda yarashib chiroyini yanada ochgandi. Ingichka yuzlari, moviy ko`zlari, hiyla qizargan yanoqlari. Uni huddi savatchasidagi gullariga o`xshatish mumkun. Gul o`z shirasi bilan atrofdagi asalarilarni o`ziga jalb etsa, bu ayol ham huddi shunday, o`z go`zalligi bilan atrofdagi erkaklarni etiborini o`ziga qaratayotgan edi. Hamrohi bu go`zal qizga hayajon bilan turmulib turgani ko`rgan Ivanov asta jilmayib gap boshladi.
- Qalay yurakdan urdimi deyman?
- Aaa... - Murod asta hushini yig`ib oldi.
- Bu qiz har kuni shu tamaddixonaga kelib, gullar sotishga urinardi.
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 ... 5 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовEBYTOP.RU - Топ рейтинг сайтов