Привет, Гость!
Chat (1) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: So`ngi Yaxshilik... [-MAJNUN-]
So`nggi yaxshilik... Hiyobonning bir chetida, skamekada ikki sevishgan o`tirardi. Yigit, og...davomi
Купить рекламу 50 руб.
Библиотека | Boshqalar

Odam Bólaylik !!!! Qayumov ijodidan.....

Добавил:Song_Guk (10.03.2015 / 17:11)
Рейтинг:rating 117040 article (0)
Прочтений:7789
Комментарии:Комментарии закрыты
Yigit tong bo‘zara boshlashi bilan bozorga oshiqdi. Havo sovuq: bahorga o‘xshamaydi. U bozorga oshiqdi. Bayramga har doimgidek atirgul emas, lola sotib olishga qaror qildi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak chiroyli gul turardi. Lolalar! — Kim sotyapti? — so‘radi yigit yaqinroq borib. — Hozir keladi, — dedi sut-qatiq sotayotgan kampir. Yigitning yonida bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni o‘ziga jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash bor edi: hamma yog‘i tikilib, yamoq bo‘lib ketgan. Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan. Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab tursa-da, ancha yil xizmat qilgani bilinib turardi. Qariyaning yuzini ajin bosgan, biroq ko‘zlarida qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. Bechora sovuqdan ko‘karib ketgandi. Shunga qaramay, gul sotuvchining kelishini kutardi. Yigitning unga rahmi keldi. Sinchiklab razm solgach, cholning piyonista emasligini, shunchaki ko‘p qiyinchilik ko‘rganini, g‘aribligidan uyalayotganini tushundi. Gul sotuvchi ayol chelakka yaqinlashdi. Chol botinmay bir qadam tashladi. Yigit ham. — Qizim, bir dona lola qancha turadi? — Yo‘qol bu yerdan, yaramas chol, sadaqa so‘ramoqchimisan, yo‘qol, — baqirdi gulchi xotin. — Menga bitta lola kerak, qancha turadi? Yigit cholning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi. — Bittasi?! Sen bilan pachakilashib o‘tiramanmi? Yo‘qol! — Sen baqirmasdan, guling qancha turishini ayt, — dedi chol sekin. — Donasi besh yuz so‘m, — dedi xotin kinoya bilan. Chol cho‘ntagidan ikkita ikki yuz so‘mlik chiqardi. — Menda to‘rt yuz so‘m bor, balki to‘rt yuz so‘mga berarsan? — so‘radi chol qimtinib. Yigit cholning ko‘zlarida shu paytgacha birorta erkakning ko‘zida ko‘rmagan alam va og‘riqni payqadi. — Yaxshi, hozir, — gulchi xotin mazaxomuz hiringlab, chelagidan bir dona lola oldi. Gul shoxchasi o‘rtasidan singandi. Chol lolani olib, uni to‘g‘rilashga urindi. Ammo gul o‘jarlik bilan pastga egilardi... Qariya qo‘lida singan lolani tutgancha yig‘lardi. — Menga qara, nima qilyapsan?! — yigit o‘zini vazmin tutishga urinsa-da, chidolmay baqirdi. Gulchi xotin birpasda kichrayib qolgandek bo‘ldi, ko‘zlarida qo‘rquv bilan indamay yigitga qarab turaverdi. — To‘xtang, — yigit cholning yengidan tutdi. — O‘v ahmoq xotin! Bir chelagi qancha turadi?! Javob ber! — E... a... — Sendan so‘rayapman, bir chelagi qancha turadi?! — 30 ming bo‘lsa kerak... Yigit cho‘ntagidan bir dasta pul olib, gulchi xotinning oyog‘i tagiga tashladi. So‘ng chelakdagi lolalarni olib, cholga tutqazdi. Qariya bu tuhfani bosh chayqab rad etarkan, unsiz yig‘lardi. Yigitning ko‘zlarida ham yosh qalqib chiqqandi. — Yuring, — yigit bir qo‘li bilan lolalarni ushlab, bir qo‘li bilan uning qo‘lidan tortdi. U shirinliklar sotiladigan rastaga qarab yurdi. Ixchamgina chiroyli bezatilgan tort sotib oldi-da, cholga o‘girildi. — Menga qarang, ota, mening pulim bor. Bu o‘ttiz ming cho‘ntagimga zarar qilmaydi, siz esa singan lolangiz bilan xotiningizning yoniga borishingiz yaxshi emas, axir bugun sakkizinchi mart-ku! Manavi gullarni, tortni olib boring, mening nomimdan ham tabriklab qo‘ying. Cholning ko‘zlaridan duvillab yosh oqa boshladi. Lablari titrardi. Yigit ortiq bu manzaraga qarab turolmasdi. U qo‘lidagilarni cholga tiqishtirib, ko‘zlarini kafti bilan artdi-da, tez-tez nari keta boshladi. Oshiqib ketib borarkan, ortidan cholning past, dardchil ovozda gapirgan gaplarini aniq eshitdi: — Biz... 50 yildan beri birgamiz... U kasal bo‘lib qolgan... Bugun sovg‘a bergim kelgandi.
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов